Jo‘loniy Turkiyaga bordi (video)
Olam
−
04 fevral 5830 1 daqiqa
Bugun, 4 fevral kuni Suriyaning o‘tish davri prezidenti Ahmad ash-Shara (Muhammad al-Jo‘loniy) bo‘lgan samolyot Turkiyaning Anqara shahrida joylashgan aeroportga qo‘ndi. Bu haqda “Dunya” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Suriya rahbari tashrifining asosiy maqsadi – Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashish bo‘lgan va ikki o‘rtadagi uchrashuv mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da boshlangan.
“Yig‘ilish Prezident majmuida matbuot uchun yopiq holda soat 17:00 dan boshlandi”, deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, boshqa tomondan Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anning rafiqasi Emina Erdo‘g‘an Sharaning rafiqasi Latifa al-Durubiy bilan uchrashgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil dekabrda Suriyada hokimiyatni egallagan Ahmad ash-Shara (Abu Muhammad al-Jo‘loniy) joriy yil 29 yanvar kuni mamlakatning o‘tish davridagi prezidenti deb e’lon qilingandi. 2 fevral kuni esa Ahmad ash-Shara Saudiya Arabistoniga ilk xorijiy tashrifini amalga oshirdi. Mazkur tashrif doirasida u Ar-Riyodda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi va Bosh vaziri Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan uchrashdi. Ash-Sharaning 2-xorijiy safari Turkiyaga bo‘ldi.