Jo‘loniy ilk xorij safarini Turkiyaga qilishi mumkin

Olam

image

Al-Jo‘loniy nomi bilan tanilgan Suriyaning yangi yetakchisi Ahmad ash-Sharo yaqin kunlarda qo‘shni Turkiyaga ilk tashrifini amalga oshiradi. Bu haqda “Dailiy Sabah” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu tashrif Suriyada inqilob davrida Turkiyaning muxolifat kuchlarga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirish ramzi sifatida amalga oshiriladi. Biroq hozircha Turkiya va Suriya rasmiylari bu tashrifga izoh bermagan.

Ma’lumot uchun, Ahmad ash-Sharo boshchiligidagi “Hayat Tahrir ash-Shom” muxolifat kuchlari Damashqni qo‘lga kiritib, Bashar Asadni Moskvaga qochishga majbur qilganidan keyin Turkiya razvedkasi rahbari Ibrohim Kalin va Tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan birinchi bo‘lib Damashqda ash-Sharo bilan uchrashuv o‘tkazgan. Turkiya 2011 yilda fuqarolik urushi boshlanganidan beri Asad rejimiga qarshi Suriya muxolifatini qo‘llab-quvvatlab keladi. Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Suriyani qayta tiklash, yangi konstitutsiya ishlab chiqish va davlat tuzilmalarini shakllantirishda yangi ma’muriyatga yordam berishni va’da qilgan.

Turkiya rasmiylari elektr energiyasini Suriyaga yetkazib berish orqali mamlakatdagi energiya taqchilligini yengillashtirish masalasida Damashqda muzokaralar o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bundan tashqari, Turkiya ash-Sharo ma’muriyatining Suriya hududida terrorchi guruhlar, xususan, “Kurdiston ishchilar partiyasi” va uning Suriyadagi bo‘linmasi bilan kurashish borasidagi ishonchli qadamlarini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Ahmad ash-Sharo o‘z ma’muriyati “Kurdiston ishchilar partiyasi” terror guruhining Suriya hududidan baza sifatida foydalanishiga yo‘l qo‘ymasligini va mamlakatning birligini ta’minlashini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriya o‘tish davri hukumati tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Asad Hasan al-Shiboniy Damashqqa borgan Arab Ligasi delegatsiyasi Bosh kotib yordamchisi Husam Zakiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvdan so‘ng Damashqdagi yangi muvaqqat hukumat Suriya xalqining irodasini qo‘llab-quvvatlashi va Suriyaning mintaqaviy tashkilotdagi o‘z o‘rniga qaytishi uchun Arab Davlatlari Ligasiga umid qilayotganini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Turkiya Ahmad ash-Sharo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing