JSST Rossiyaning koronavirusga qarshi to‘qqizta vaksinasini ishlab chiqishni ma’qulladi
Salomatlik
−
24 aprel 2020
7906Rossiyada sinovi ketayotgan to‘qqizta vaksina Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining istiqbolli ishlar ro‘yxatiga kiritildi. Ular orasida “Vektor“ virusologiya va biotexnologiya davlat ilmiy markazining oltita vaksinasi va boshqa ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining uchta vaksinasi bor.
Novosibirsk olimlari markazining ishlanmalari orasida Ebola virusiga qarshi vaksinalar platformasi, qizamiq, A grippi, vesikulyar stomatit viruslari, shuningdek subunit va mRNK vaksinalariga asoslangan preparatlar mavjud. Bundan tashqari, BIOKAD korxonasi ikkita vaksinani taqdim etdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, JSST tomonidan hozirda ishlab chiqilayotgan koronavirusga qarshi vaksinalar ro‘yxati tuzilgan. 2020 yil 23 aprel holatiga ko‘ra, dunyoda 83 ta vaksina laboratoriyalarda ishlab chiqilmoqda. Ulardan 77 tasi preklinik sinov bosqichida, oltitasi esa odamlarda klinik sinovlardan o‘tmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniyaning Oksford universiteti olimlari koronavirusga qarshi vaksinani kuzgacha ishlab chiqish imkoni borligini aytishgandi. Kecha, 23 aprel kuni esa ushbu universitet olimlari vaksinaning klinik sinovlarini boshlashdi.
LiveBarchasi