Putin vaksina ustidagi ishlarni tezlashtirishni buyurdi
Olam
−
16 aprel 2020
9237Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin hukumatga va Davlat kengashiga koronavirus bilan kurashish bo‘yicha yangi ko‘rsatmalar berdi. Xususan, ular vaksinalarni sinovdan o‘tkazish vaqtini qisqartirishlari kerak. Ko‘rsatmalar ro‘yxati bugun, 16 aprel kuni Kreml veb-saytida e’lon qilindi.
Ta’kidlanishicha, 15 mayga qadar klinik tadqiqotlarni va immunobiologik dorilarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini soddalashtirish kerak. Shuningdek, klinik sinovlarni klinik sinovlarga qadar bo‘lgan davrda parallel ravishda o‘tkazish imkoniyatini ta’minlash taklif etiladi.
Bundan tashqari, 25 aprelga qadar federal byudjetdan shifokorlarga qo‘shimcha to‘lovlar uchun mablag‘ ajratilishi belgilandi. Shunda shifokorlar 80 ming rubl, o‘rta lavozimdagi tibbiyot xodimlari 50 ming rubl va kichik tibbiy xodimlari esa 25 ming rubldan haq olish huquqiga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, Rossiya rahbarining ko‘rsatmalaridan biri iqtisodiyotning real sektoridagi korxona va tashkilotlarni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash dasturini ishlab chiqishdir. Ushbu yo‘l bilan iqtisodiyotdagi keskin vaziyatni yumshatish ko‘zda tutilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirus bilan bog‘liq 27 938 ta holat qayd etilgan. Kasallanganlarning 2 304 nafari sog‘aygan, 232 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 25 402 kishini tashkil qilmoqda.
LiveBarchasi