Rossiyada COVID-19 ga qarshi vaksina sinovi 60 nafar odamdan boshlanadi
Olam
−
11 aprel 2020
18171Rossiyada koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinaning birinchi klinik sinovi 60 nafar ko‘ngillida o‘tkaziladi. Bu haqda “Vektor” virusologiya va biotexnologiya davlat ilmiy markazi bosh direktori Rinat Maksyutovaning bayonotiga tayanib, RIA Novosti xabar bermoqda.
Bosh direktorning so‘zlariga ko‘ra, tadqiqot sog‘lom kishilarda o‘tkaziladi va hozirda ko‘ngillilarning soni ortib bormoqda.
“Bizga hatto Novosibirsk viloyati va boshqa uzoq mintaqalar aholisidan ham qo‘ng‘iroqlar bo‘lyapti... Ular tadqiqotda ko‘ngilli sifatida ishtirok etishni istamoqda”, dedi Maksyutov.
Bosh direktorning so‘zlariga ko‘ra, vaksinani olishni istaganlar orasida preparatning samaradorligi va xavfsizligiga ishonadiganlar ham bor.
Ma’lumot o‘rnida, bugunga kelib dunyodagi ko‘plab mamlakatlarda koronavirusga qarshi vaksina o‘ylab topish borasida tinimsiz mehnat qilinmoqda. “Bu ishlar aql bovar qilmas tezlikda ketmoqda”, deyiladi JSST bayonotida. Ma’lum bo‘lishicha, bugun dunyoning 70 dan ziyod davlatida vaksina ustida bosh qotirmoqda.
Avvalroq, Turkiyadagi Xajettepe (Anqara) universitetining tibbiyot fakulteti professori Atesh Karaning ma’lum qilishicha, koronavirusga qarshi vaksinaning hayvonlarda o‘tkazilgan sinovi muvaffaqiyatli kechgani haqida ham ma’lum qilgan edik.
LiveBarchasi