Ertaga Britaniyada koronavirusga qarshi vaksina sinovlari boshlanadi 

Olam

image

Koronavirus vaksinasini ishlab chiqqan Oksford universiteti olimlari 23 aprel kuni klinik sinovlarni boshlaydi. Bu haqda Qirollik Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Mett Xenkok xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, vaksina ko‘ngillilarda sinovdan o‘tkaziladi. Vazir tadqiqotchilarning ishidan g‘ururlanishini aytdi, chunki standart sharoitlarda ushbu bosqichga erishish uchun yillar kerak bo‘lardi.

Bundan tashqari, boshqarma boshlig‘ining ma’lum qilishicha, COVID-2019 vaksinasini yaratish bo‘yicha eng yaxshi ikkita loyiha hukumat tomonidan qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirilishini talab qiladi. Shunday qilib, Oksford jamoasiga 20 million funt, London Imperial kolleji olimlariga 22,5 million funt ajratiladi. Ikkinchi guruh iyun oyida sinovlarni boshlaydi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada koronavirusga 129 044 nafar odam chalindi. 344 bemor shifo topgan bo‘lsa, 17 337 kishi vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

100

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing