JSST pandemiyani tugagan deb e’lon qilish shartini ma’lum qildi
Olam
−
10 noyabr 2021
10796Koronavirus pandemiyasining tugashi butun dunyo infeksiya bilan qanchalik tez “yashashni o‘rganishiga” bog‘liq. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa bo‘limi rahbari Xans Klyuge ma’lum qildi.
“Sog‘liqni saqlash tizimi avvalgi holatiga qaytib, COVID-19 tufayli shifoxonalarga murojaat qilganlar hamda o‘limlar soni kamaysagina boshqa tibbiy xizmatlarni to‘liq hajmda ko‘rsatish mumkin bo‘ladi. Ana shundagina pandemiya endemiya holatiga o‘tadi”, deydi Xans Klyuge.
Klyugening ta’kidlashicha, hozirda to‘siqlardan biri – bu ba’zi mamlakatlarda emlashning to‘xtab qolgani, shuningdek, profilaktik choralarning asossiz ravishda zaiflashishidir.
“Menda hamma nima bo‘lganini unuta boshlagandek taassurot uyg‘otmoqda. Vaholanki, bir yil oldin butun dunyo iqtisodiyoti to‘xtab qolgandi”, deydi u g‘azab bilan.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 250 milliondan oshgan. Hozirda eng qiyin vaziyat AQSH, Hindiston, Braziliya va Buyuk Britaniyada kuzatilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, emlash koronavirusdan himoyalanishning eng ishonchli usuli bo‘lib qolmoqda. Sentyabr oyi oxirida JSST o‘lim darajasining ortishi SARS-CoV-2 dan bosh tortish bilan bog‘liqligini e’lon qilgandi.
LiveBarchasi