JSST yangi global pandemiya xavfidan ogohlantirdi

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) hamda JSST va Jahon banki ishtirokida tashkil etilgan Tayyorgarlikni global monitoring qilish kengashi (GPMB) tarqalish ko‘lami bo‘yicha koronavirus va Ebola bezgagi epidemiyalaridan ham o‘zib ketishi mumkin bo‘lgan yangi global pandemiya xavfi tobora ortib borayotganidan ogohlantirdi. Bu haqda kecha, 18 may kuni GPMB tomonidan e’lon qilingan hisobotda so‘z boradi.

Ekspertlarning qayd etishicha, so‘nggi yillarda yuqumli kasalliklar tarqalishi tez-tez kuzatilmoqda va bu sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot hamda ijtimoiy barqarorlikka jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Hisobotda alohida ta’kidlanishicha, dunyo COVID-19 pandemiyasi va Ebola epidemiyalaridan keyin xavfsizroq bo‘lib qolgani yo‘q. Asosiy xavf omillari sifatida faol xalqaro migratsiya (harakatchanlik), ekologik o‘zgarishlar va aholining davlat institutlariga bo‘lgan ishonchi pasaygani ko‘rsatilgan.

Ma’lumot uchun, Tayyorgarlikni global monitoring qilish kengashi (GPMB) – global sog‘liqni saqlash inqirozlariga tayyorgarlikni kuchaytirish maqsadida 2018 yilda JSST va Jahon banki tomonidan tashkil etilgan mustaqil monitoring va hisobdorlik organidir. Uning vakolat muddati joriy yilda tugaydi.

“Yuqumli kasalliklarning avj olishi tobora tez-tez sodir bo‘layotgani sababli, ular yanada vayronkor tus olmoqda, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot, siyosat va ijtimoiy sohalarga tobora kengroq ta’sir ko‘rsatmoqda, shuningdek, ulardan keyin qayta tiklanish imkoniyatlarini kamaytirmoqda”, deyiladi hisobotda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil may oyining o‘rtalarida Kongo Demokratik Respublikasida Ebola bezgagining yangi avj olishi kuzatildi. Hozirda ushbu infeksiya qurbonlari soni 131 kishiga yetgan. Yana 513 kishida esa kasallik alomatlari aniqlangan. Shuningdek, Ugandada ham uchta kasallanish holati tasdiqlangan bo‘lib, ulardan biri o‘lim bilan yakunlangan.


Maqola muallifi

Teglar

JSST pandemiya GPMB

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing