JSST pandemiya fonida qanday kasalliklar e’tibordan chetda qolayotganini ma’lum qildi

Salomatlik

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) koronavirus pandemiyasi fonida dunyo miqyosida ruhiy salomatlik holatining yomonlashishidan xavotirda va o‘z sa’y-harakatlarini aholi farovonligini oshirishga qaratmoqchi. Bu haqda JSSTning Yevropa bo‘yicha mintaqaviy byurosi rahbari Xans Klyuge ma’lum qilgan.  

“Men ruhiy salomatlikning yomonlashishi parallel pandemiyasidan juda tashvishdaman. Bilamizki, har ikki o‘spirinning biri xavotir, depressiya yoki o‘z joniga qasd qilishga moyil. Shuning uchun JSST ruhiy salomatlikka qaratilgan harakatlarni uch baravar oshirishni va aholi farovonligiga e’tibor qaratishni rejalashtirmoqda”, degan u. 

Shuningdek, Klyuge pandemiya paytida ko‘plab xavfli kasalliklar tegishli nazorat va davolanishsiz qoldirilganidan xavotirda ekanini bildirgan. 

“Chunki butun dunyo e’tiborini COVID-19 ga qaratgan. Buni tushunsa bo‘ladi. Ammo boshqa kasalliklar haqida nima deyish mumkin? Masalan, dunyoning har uchinchi davlatida saraton tekshiruvi to‘xtatilganini bilamiz. Bu bolalar, ayollar, erkaklar saraton kasalligidan o‘lishini anglatadi”, degan JSST byurosi rahbari. 

Avvalroq, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus dunyoda yangi halokatli virus paydo bo‘lishini bashorat qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

kasalliklar pandemiya

Baholaganlar

26

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing