JSST ogohlantirgan sirop O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tmagan — SSV

Salomatlik

image

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Hindistonda ishlab chiqarilgan “Cold Out” yo‘tal siropining xavfli oqibatlaridan ogohlantirgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur ogohlantirish fonida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi rasmiy munosabat bildirdi.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, “Cold Out” siropi “Fourrts Laboratories” (Hindiston)  tomonidan “Dabilife Pharma” uchun ishlab chiqarilgan bo‘lib, uning tarkibida toksinlar borligi qayd etilgan.

Shuningdek, Hindiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur dori vositasi Iroqda o‘tkazilgan alohida sinovlarda sifat talablariga javob bermagach, erkin savdodan qaytarib olingan.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi ushbu dori O‘zbekistonda davlat рўйхатидан o‘tkazilmaganini ma’lum qilib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlar yuzasidan fuqarolar xavotirga tushmasligini bildirgan.

“2023 yil fevral oyidan boshlab yurtimizda ishlab chiqarilayotgan va mamlakatimizga kirib kelayotgan sirop shakldagi dori vositalari tarkibi dietilenglikol (DEG) va etilenglikol (EG) zaharli moddalari bo‘yicha chuqur tekshirilib, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan bu borada qat’iy nazorat o‘rnatilgan”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Hindistonning Marion Biotech farmatsevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Dok-1 Maks” siropi O‘zbekistonda 20 nafar bolaning o‘limiga sabab bo‘lgandi. Keyinroq kompaniya dori vositalari ishlab chiqarishda sanoat darajasida ishlatiladigan zaharli moddadan foydalangani ma’lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining 2022 yilning 22 dekabrdagi buyrug‘i bilan  “Dok-1 Maks” dori vositalarini dorixonalardan qaytarib olish belgilangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

JSST ogohlantirish toksinlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing