JSST mutaxassislari Uxanga yetib bordi

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari bugun, 14 yanvar kuni koronavirus kelib chiqishini o‘rganish maqsadida Xitoyning Uxan shahriga yetib keldi. Samolyot qo‘nayotgani Xitoy markaziy televideniyesi jonli efirida namoyish etilgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Singapurning Scoot samolyoti Uxan xalqaro aeroportiga mahalliy vaqt bilan soat 11:05da (Toshkent vaqti bilan 08:05) qo‘ngan. 

Ta’kidlanishicha, JSST mutaxassislari mamlakatda amal qilayotgan qoidalarga binoan, 14 kunlik karantinda o‘tiradi. 

Eslatib o‘tamiz, 5 yanvar kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda JSST rahbari Tedros Adhanom Gebreyesus Xitoy Hukumati xalqaro ilmiy ekspertlar guruhining kelishiga ruxsat berish masalasini kechiktirganidan hafsalasi pir bo‘lganini aytgandi. 

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Xua Chunin esa kechikishni "pandemiya holatidagi rasmiy protseduralarning o‘ziga xos xususiyatlari" bilan bog‘liqligini ma’lum qilgandi. 

Ma’lumot o‘rnida, delegatsiya tarkibiga Rossiya, Avstraliya, Daniya, Germaniya, Keniya, Yaponiya, Gollandiya, Qatar, Sudan, Buyuk Britaniya, AQSH va Vetnamdan kelgan mutaxassislar hamda ularning Xitoydagi hamkasblari kiradi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus “o‘chog‘i” bo‘lgan Xitoyning Uxan shahrida COVID-19 epidemiyasi 2019 yilning dekabr oyida boshlangan edi. 

Turli taxminlarga ko‘ra, koronavirus Uxan shahridagi dengiz mahsulotlari bozorida paydo bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

JSST Xitoy

Baholaganlar

82

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing