JSST maymun chechagining xalqaro sog‘liqni saqlash tizimi uchun xavfini baholaydi

Olam

image

Dunyoda maymun chechagi bilan kasallanganlar soni deyarli 14 mingga yetdi, ular 70 dan ortiq mamlakatda qayd etilgan. Bu haqda JSST rahbari Tedros Adhanom Gebreyesus ma’lum qildi.

“JSST maymun chechagi kasalligi bo‘yicha bu yil 70 dan ortiq mamlakatlarda 14 000 ga yaqin tasdiqlangan holatlar haqida xabar bermoqda. Hozirgacha kasallik tufayli beshta o‘lim qayd etilgan, barchasi Afrikada”, degan Gebreyesus brifingda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropada chechakning bu turi bilan kasallanish holatlari ko‘p, xususan, kasallik asosan noan’anaviy jinsiy oriyentatsiyadagi erkaklarda qayd etilgan.

JSST rahbari bugun, 21 iyul kuni JSST Xalqaro sog‘liqni saqlash qoidalarining Favqulodda qo‘mitasi maymun chechagi bo‘yicha topilmalarni ko‘rib chiqish va epidemiyaning xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyat ekanlini baholash uchun yig‘ilishini aytdi.

Ma’lumot o‘rnida, maymun chechagi kam uchraydigan virusli kasallik bo‘lib, asosan yovvoyi hayvonlardan odamlarga yuqadi. Kasallikning belgilari isitma, bosh og‘rig‘i, mushak og‘rig‘i, bel og‘rig‘i, limfa tugunlari shishishi, titroq va charchoqni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, yuz va tananing boshqa qismlarida teri toshmasi ham paydo bo‘lishi mumkin. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, maymun chechagi epidemiyasi uchun o‘lim darajasi odatda 1 foizdan 10 foizgacha, o‘limning aksariyati yosh guruhlarda sodir bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

maymun chechagi

Baholaganlar

18

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing