JSST dunyoda necha kishi maymun chechagi bilan kasallanganini e’lon qildi
Olam
−
24 may 2022
5295Odamlar orasida maymun chechagi bilan kasallangan 131 ta holat ma’lum va yana 106 ta tahlil tekshirilmoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lum qilgan.
Kecha, 23 may soat 18:00 holatiga ko‘ra, 17 ta endemik bo‘lmagan mamlakatlarda maymun chechagining 131 holati qayd etilgan va yana ikkita davlat — Sudan va Argentina shubhali infeksiyalarni tekshirmoqda.
Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p kasallanish Ispaniya (40), Portugaliya (37) va Buyuk Britaniyada (20) aniqlangan. Qayd etilishicha, 106 ta maymun chechagi kasalligi tekshirilmoqda, shundan 51 tasi Ispaniyada.
Maymun chechagi kamdan-kam uchraydigan virusli infeksiya bo‘lib, u odamlar orasida ham uchraydi. Bu odatda yengil kasallik bo‘lib, ko‘pchilik bir necha hafta ichida tuzalib ketadi, ammo ba’zilarda asoratlar paydo bo‘lishi mumkin. Maymun chechagining dastlabki belgilariga isitma, bosh og‘rig‘i, mushak og‘rig‘i, bel og‘rig‘i, limfa tugunlari kattalashishi, titroq va charchoq kiradi. Shuningdek, toshma paydo bo‘lishi mumkin, ular ko‘pincha yuzdan boshlanadi va keyin tananing boshqa qismlariga tarqaladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda hozirgacha maymun chechagi kasalligi qayd etilmagan. Ammo JSST tavsiyalariga ko‘ra, ehtiyot choralari ko‘rib borilmoqda.
LiveBarchasi