Jotaning o‘limiga oid yangi tafsilotlar e’lon qilindi (video)
Sport
−
03 iyul 37377 2 daqiqa
Avvalroq, Angliyaning “Liverpul” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Diogu Jota hamda uning ukasi yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lgani xabar qilingandi. Avtohalokatga sabab Lamborghini avtomobilidagi shinaning yorilishi bo‘lgan. Bu haqda Ispaniya Fuqarolik gvardiyasi ma’lumotlariga tayanib, BBC Sport xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Jota va uning ukasi Ispaniyaning Samora viloyatida mahalliy vaqt bilan taxminan soat 00:30 da vafot etgan. Ular Lamborghini avtomobili bilan ketayotganda boshqa transport vositasini quvib o‘tish chog‘ida shina yorilishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan va keyinroq yonib ketgan.
Ma’lumot uchun, may oyida Diogu Jota Angliya chempioni bo‘lgan, iyun oyida esa Portugaliya terma jamoasi bilan ikkinchi bor Millatlar Ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan edi. 22 iyun kuni futbolchi turmush qurgan. Er-xotin uch nafar farzandni tarbiyalayotgan edi.
Jota 2020 yilda “Vulverxempton”dan “Liverpul”ga 44,7 million yevroga o‘tgan. U “Liverpul” safida Angliya chempioni, Angliya kubogi sohibi va ikki karra Liga kubogi g‘olibi bo‘lgan. Bungacha u Portugaliyaning “Portu” hamda Ispaniyaning “Atletiko” jamoalarida to‘p surgan. Portugaliya terma jamoasi tarkibida 49 o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol urgan.
Ukasi Andre Silva esa 25 yosh edi. U 2023 yilda Portugaliyaning 2-divizionidagi “Penafiyel” klubiga o‘tgan. Bu jamoa safida yarim himoyachi sifatida 62 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr