Joshua va Uaytning revansh jangi bekor qilindi
Sport
−
05 avgust 2023 3335 1 daqiqa
Avvalroq super og‘ir vaznli bokschi Entoni Joshua navbatdagi jangini joriy yilning 12 avgust kuni Dillian Uaytga qarshi o‘tkazishi haqida xabar bergan edik. Biroq Matchroom Boxing kompaniyasining bugun, 5 avgust kuni e’lon qilgan bayonotida mazkur jang bekor qilingani aytildi.
Unga ko‘ra, 12 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan Entoni Joshua va Dillian Uayt o‘rtasidagi revansh jangi Ixtiyoriy antidoping assotsiatsiyasi (VADA) tomonidan o‘tkazilgan giyohvand moddalarni iste’mol qilish testi natijalari asosida bekor qilingan. Gap shundaki, britaniyalik bokschi Dillian Uaytning VADA'ga topshirgan namunalari orqali uning qonida ta’qiqlangan moddalar borligi aniqlangan.
“VADA, Matchroom boks komissiyalari assotsiatsiyasi va Britaniya boks bo‘yicha nazorat kengashini Dillian Uaytning ijobiy tahliliy xulosalarini qaytarib berganligini ma’lum qiladi”, deyiladi Matchroom Boxing bayonotida.
Manbalarga ko‘ra, Matchroom Boxing xuddi shu sanaga Joshua uchun yangi raqib qidirishni boshlab yuborgan. Biroq voqealar rivoji endilikda anderkarddagi og‘ir vaznlilar jangidan birini kechaning markaziy jangi maqomiga ko‘chirilishini ko‘rsatmoqda.
Live
Barchasi