Joshua va Fyuri jangi tasdiqlandi. To‘qnashuvning joyi va sanasi ham aniq bo‘ldi

Sport

image

Professional boksning super og‘ir vazn toifasida WBC yo‘nalishi chempioni britaniyalik Tayson Fyuri shu yilning 3 dekabr kuni vatandoshi Entoni Joshuaga qarshi jang qiladi.

Tayson Fyurining jamoasi Joshua vakillariga jang vaqti borasida ikkita taklif bilan chiqqan. Birinchi variantga ko‘ra, jang joriy yilning 26 noyabr kuni Angliyadagi “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ikkinchi taklifda esa to‘qnashuv sanasi sifatida 3 dekabr ko‘rsatilgan. Jang manzili Uelsdagi “Kardiff Siti” stadioni edi. Joshua va uning jamoasi ikkinchi taklifni qabul qildi.

Bu xabarni Entoni Joshuaning ishlarini yurituvchi 258 GMT promouterlik kompaniyasi ham tasdiqlagan. 

“Biz Entoni Joshua nomidan 9 sentyabr kuni Fyuri jamoasi tomonidan shu yilning 3 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan jang uchun taqdim etilgan barcha shartlarni qabul qilganimizni tasdiqlaymiz”, deb yozadi 258 MGT promouterlik kompaniyasi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Qayd etish kerakki,  Joshua va Fyuri o‘zaro ikkita jang o‘tkazadi. Birinchi to‘qnashuvda “lo‘lilar qiroli” kafolatlangan gonorarlarning 60 foizini olsa, Joshua 40 foiz ulush oladi. Ikkinchi to‘qnashuvdan tushadigan daromadlar teng taqsimlanadi.

Tayson yana bir yurtdoshi Dillian Uaytni 2022 yilning 23 aprelida mag‘lub etganidan so‘ng,  faoliyatini yakunlashini e’lon qildi. Biroq keyinchalik “lo‘lilar qiroli” Joshua va Aleksandr Usikni mag‘lub etish uchun boksga qaytishi ma’lum bo‘ldi.

Entoni Joshua esa ukrainalik Aleksandr Usikga qarshi ikkita jangda mag‘lubiyatga uchradi va boks jamoatchiligi ko‘z o‘ngida cho‘qqidan pastga quladi. U Taysonni mag‘lub qilib, oldingi shuhratini qaytarishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Tayson Fyuri professional faoliyati davomida 33 ta jangda ishtirok etib, 32 ta g‘alaba va 1 ta durrang qayd etgan. Joshuaning prof boksdagi hisobida  43 ta jang,  40 ta g‘alaba  va 3 ta mag‘lubiyat bor


Maqola muallifi

Teglar

Tayson F'yuri Entoni Joshua

Baholaganlar

75

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing