Joshua navbatdagi jangini qachon o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Boks bo‘yicha superog‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni angliyalik Entoni Joshuaning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda "talkSPORT.com" sayti muharriri Maykl Benson xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Joshua allaqachon yangi murabbiy tanlashga qaror qilgan va u navbatdagi to‘qnashuvga AQSHda tayyorgarlik ko‘radi. Joshuaning jangi esa 1 aprel kuni Londonda bo‘lib o‘tadi. Uning bo‘lajak raqibi esa katta ehtimol bilan WBO reytingida 10, IBF reytingida esa 11-o‘rinni egallab turgan avstraliyalik Demsi Makkin bo‘ladi.

O‘z vaqtida Demsi Makkin Joshuaga sparring raqib bo‘lgan (birgalikda sinov jangi o‘tkazgan).
Ma’lumot uchun, 33 yoshli Joshua proffesional boksda umumiy 27 ta jang o‘tkazib, 24 tasida g‘alabaga erishgan. 3 ta to‘qnashuvda esa mag‘lub bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Boks Joshua

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing