Jorj Bush Zelenskiyni Cherchill bilan qiyosladi 

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSHning sobiq Prezidenti kichik Jorj Bush Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni “zamonamizning Uinston Cherchilli” deb atadi. Bu haqda Bush Zelenskiy bilan suhbatdan keyin Instagram’da yozib qoldirgan. 

“Bugun ertalab men Prezident Zelenskiy — zamonamizning Uinston Cherchilli bilan bir necha daqiqa suhbatlashish sharafiga muyassar bo‘ldim. Prezidentga rahbarligi, namunasi va ozodlik yo‘lidagi fidoyiligi uchun minnatdorlik bildirdim va Ukraina xalqining jasoratini olqishladim. Prezident Zelenskiy ular Putinning vahshiyligi va banditizmiga qarshi kurashda gandiraklab qolmasligiga meni ishontirdi. Biz o‘z erkinligini himoya qilayotgan ukrainaliklarni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz”, deb yozgan Bush. 

O‘z navbatida, Zelenskiy “amerikaliklar ochiq odamlar” ekanini, ukrainaliklar va amerikaliklar umumiy qadriyatlarga ega ekanini aytgan. 

Shuningdek, Zelenskiy Bushni o‘zi uchun qulay vaqtda Ukrainaga tashrif buyurishga taklif qilgan. 

Ma’lumot uchun, Uinston Cherchill Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri. U 1940-1945 va 1951-1955 yillarda ushbu lavozimda faoliyat yuritgan. Uinston Cherchill XX asrning eng buyuk va eng ziddiyatli siyosiy arboblaridan biridir. Uning faoliyati Buyuk Britaniya uchun ham, butun jahon siyosati uchun ham katta ahamiyatga ega bo‘lgan, ammo zamonaviy jamiyatda bu noaniq baholanadi: ba’zilar siyosatchining shaxsiy jasorati va harakatlariga qoyil qolsa, boshqalar dunyoda faqat oq irq hukmronlik qilishi kerak degan pozitsiyasi tufayli undan nafratlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Zelenskiy Bush

Baholaganlar

335

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing