Joriy yilda davlat grantining 77 foizini maktab bitiruvchilari egalladi
Jamiyat
−
24 avgust 2023
3031Joriy yilda maktab bitiruvchilarining oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichlari so‘nggi 2 yilga nisbatan bir muncha oshgan. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ma’lum qildi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yilda kirish imtihonlarida ishtirok etgan jami 888 511 nafar abituriyentlarning 303 560 nafari (31,5 foiz) umumta’lim maktablarining joriy o‘quv yilgi bitiruvchilaridir.
Ularning 95 497 nafari (25 foizi) test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, mahalliy OTMlar talabasi bo‘lgan. Bu 2021 yilga nisbatan 14019 nafarga, 2022 yilga nisbatan esa 9 628 nafarga ko‘p.
Shuningdek, ular joriy yilda davlat granti uchun ajratilgan 34930 ta o‘rinning 77 foizi (26 884 nafar) ni egallagan. Bitiruvchilarning bilim samaradorligi ham o‘tgan yilga nisbatan yaxshilangan. Buni qayd etilgan o‘rtacha balning nisbatan ortganida ham ko‘rish mumkin:
• 2021 yil - 74,2 ball;
• 2022 yil - 76,3 ball;
• 2023 yil – 77,1 ball.
Shuni alohida qayd etish lozimki, maksimal balning 75 foizidan yuqorisini to‘plab, ijobiy natija ko‘rsatgan abituriyentlar (30640 nafar)ning 68 foiz ulushi (20873 nafari) ham joriy yilgi bitiruvchilarga to‘g‘ri kelmoqda.
LiveBarchasi