Joriy haftada AI-80 benzin 9,5 foizga arzonlashdi

Jamiyat

image
Toshkentda benzin narxi tanqid qilingan surat “tug‘ildiyu bo‘g‘ildi” north_east

Toshkentda benzin narxi tanqid qilingan surat “tug‘ildiyu bo‘g‘ildi”

Joriy yilning 15-19 noyabr kunlari O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida o‘tkazilgan ochiq birja savdolari yakunlariga ko‘ra AI-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha sotilish narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 10 129,4 ming so‘mdan 9 168,4 ming so‘mgacha, ya’ni 9,5 foizga pasaydi. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xabar berdi.

Hafta yakuniga ko‘ra birja bozorining mazkur segmentida taklif darajasi 3,1 foizga o‘sgan.

Shuningdek, birja savdolariga qo‘yilgan benzin hajmida kichik 1 tonnalik lotlarning ulushi 6 foizdan 30 foizgacha oshirilgan. Buning natijasida birja savdolari orqali benzinni sotib olgan xaridorlarning soni 32 tadan 143 tagacha, ya’ni 4,5 barobarga o‘sgan.

Joriy yilning 15-19 noyabr kunlari birja savdolariga qo‘yilgan AI-80 markali avtomobil benzini savdolarida 556 ta tadbirkorlik sub’ektlari ishtirok etib, o‘tgan haftaga (249 ta) nisbatan ushbu ko‘rsatkich 2,2 barobarga oshgan.

Bunda, kichik hajmdagi lotlar bo‘yicha savdolarda ishtirok etayotgan xaridorlar soni 345 tani tashkil etib, ular umumiy savdo ishtirokchilarining 62 foiziga to‘g‘ri kelgan.

Buning natijasida, joriy yil 19 noyabr kuniga kelib AI-80 markali benzinning 1 tonnalik lotlar bo‘yicha o‘rtacha sotilish narxi ishlab chiqaruvchilar kesimida quyidagilarni tashkil etdi:

  • Buxoro NQIZ - 8 135 ming so‘m (16 noyabrda 9 831 ming so‘m) yoki 17 foizga arzonlashdi;
  • “SANOAT ENERGETIKA GURUHI” MCHJ XK – 8 162 ming so‘m (16 noyabrda 9 696 ming so‘m) yoki 16 foizga arzonlashdi;
  • “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ – 8 449 ming so‘m (16 noyabrda 1 tn lotda sotilmagan).

Shuni ta’kidlash joizki, birja savdolariga qo‘yilgan AI-80 markali benzinning 1 tonnalik lotlar bo‘yicha ishtirokchilar talabi joriy yilning 19 noyabr kuni 1 857 tonnani tashkil etib (shundan 50 foizi qoplangan), 16 noyabr kuniga nisbatan kunlik talab 310 tonnaga oshgan.

Shu bilan birga, 2021 yilning 19 noyabr kuni birja savdolarida sotilgan AI-80 markali benzinning o‘rtacha sotilish narxi 60 tonnalik lotlar bo‘yicha 9 528 ming so‘mni (hafta boshiga nisbatan 6 foizga pasaygan) tashkil etib, 1 tonnalik lotlarga nisbatan 1 393 ming so‘mga qimmat narxlarda sotilgan.


Maqola muallifi

Teglar

benzin

Baholaganlar

346

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing