Toshkentda benzin narxi tanqid qilingan surat “tug‘ildiyu bo‘g‘ildi”

Jamiyat

image

Bugun, 19 noyabr kuni Toshkentdagi avtomobilga yonilg‘i quyish shoxobchasi oldida mamlakatda benzin narxi oshishiga bag‘ishlangan graffit (ko‘cha surati) paydo bo‘ldi.

Surat graffitlari bilan tanilib borayotgan inkuzart taxallusli rassom tomonidan chizilgandi.

Poytaxtning Katta qani ko‘chasida chizilgan suratda benzin narxining oshib borishi oddiy o‘zbekistonliklarni “o‘ldirayotgani” aks etgan. Rassomning yangi asari ijtimoiy tarmoqlarda tezkorlik bilan mashhurlikka erishdi.

Biroq bu tezkor tarqalish ortidan “virus” suratga qarshi “tezkor chora” ham ko‘rildi. Gap shundaki, benzin narxi oshishiga bag‘ishlangan surat o‘chirib tashlandi. Biroq ohak ustidan qanday surat chizilganini bilish mumkin, hozircha.

Qayd etish kerakki, bu inkuzart asarining ilk bor yo‘q qilinishi emas. Bundan avval rassomning UzautoMotors monopoliyasiga bag‘ishlab chizgan graffiti oradan ko‘p o‘tmay o‘chirilgandi.

O‘zbekistonda benzin narxining oshib borishi kirakashlik ortidan tirikchilik qiladigan aksar o‘zbekistonliklarni qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi narx oshishi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazib, tez orada benzin arzonlashishini aytdi. Ko‘p o‘tmay birjada benzin narxi tusha boshladi. Ammo bu hozircha “zapravka”lardagi narxga ta’sir qilganicha yo‘q. Qani endi, ko‘cha surati tezda yo‘q qilinganidek, benzin narxi ham bir necha soatda arzonlashtirib qo‘yilsa edi.


Maqola muallifi

Teglar

benzin

Baholaganlar

1325

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing