Jonson tunni shifoxonada o‘tkazgan Yelizaveta II ning ahvoli haqida ma’lumot berdi

Olam

image

Avvalroq, Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II joriy yilning 20 oktyabr kuni shifoxonada tunab qolgani haqida xabar bergandik.  

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonsonning ma’lum qilishicha, tunni shifoxonada o‘tkazgan qirolicha o‘z vazifalariga qaytgan. 

“Biz hammamiz unga eng yaxshi tilaklarni tilaymiz”, degan Jonson “Sky News” telekanali efirida.  

Bukingem saroyi Buyuk Britaniya qirolichasining London klinikasida tunaganini tasdiqlagan. Yelizaveta II Shimoliy Irlandiyaga tashrifini bekor qilganidan keyin tunni shifoxonada o‘tkazgan. 

Rasmiy ravishda shifoxonaga yotqizilish sabablari aytilmagan. Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, bu koronavirus bilan bog‘liq emas. 

Avvalroq, Yelizaveta II shifokorlar tavsiyasi bilan spirtli ichimlik ichishdan bosh tortgani haqida xabar bergandik. 

So‘nggi yillarda qirol oilasi ichki qarama-qarshiliklarga duch keldi. Ba’zi shahzodalar qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda ayblab, monarxiyaga qarshi axborot urushi boshladi. Bundan tashqari, Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i shahzoda Filipp 99 yoshida vafot etdi. Shahzoda Endryu bilan yuz bergan mojaro ham shov-shuvga sabab bo‘ldi. U balog‘atga yetmagan qizning nomusiga tegishda ayblanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Britaniya Jonson qirolicha

Baholaganlar

117

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing