Jonson Putindan qo‘rqadigan olimlarga Buyuk Britaniyaga ko‘chishni taklif qildi

Olam

image

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson Bavariyadagi G7 sammiti doirasida, o‘z vatanidagi vaziyatdan va mamlakat hukumati siyosatidan norozi bo‘lgan Rossiya olimlariga Buyuk Britaniyaga ko‘chib o‘tishni taklif qildi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, u ushbu tashabbusni Ukraina va Buyuk Britaniya universitetlarining hamkorlik tizimini kengaytirish doirasida ilgari surgan, bu esa ukrainalik olimlarga Britaniya muassasalarida tadqiqot olib borishga imkon beradi.

“Taklif Rossiyada o‘zini xavfsiz his qilmaydigan va “Putinning zo‘ravonligiga xavotir bilan qaraydigan” rossiyalik olimlar va tadqiqotchilarga tegishli”. “Buyuk Britaniyaga ko‘chib o‘tish va ochiqlik, erkinlik hamda bilimga intilishni qadrlaydigan mamlakatda ishlash uchun murojaat qilishingiz mumkin”, degan u.

“Thye Guardian” ma’lumotiga ko‘ra, Britaniyaga “xavf ostida bo‘lgan tadqiqotchilar” dasturi doirasida 130 ga yaqin ukrainalik olimlar keladi, ularning byudjeti deyarli 10 mln funt sterling (12,3 mln dollar)ga oshirilgan. Bularga hayoti, erkinligi yoki ilmiy faoliyati uchun tahdidlarga duch kelgan, o‘z faoliyatining turli bosqichlarida bo‘lgan fan vakillari, shuningdek, bunday tahdidlar tufayli ko‘chirilgan yoki mamlakatni tark etishga majbur bo‘lgan shaxslar kiradi.

Oynisaxon Abdullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Jonson

Baholaganlar

178

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing