Jonson Putinning maqsadini falokatga tenglashtirdi
Olam
−
22 fevral 2022
7325Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson Rossiyaga uning iqtisodiy manfaatlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan sanksiyalar bilan tahdid qildi. Bu haqda “Sky News” telekanalida aytilgan.
“Sanksiyalar Rossiyaga juda qattiq ta’sir qiladi va agar bosqin bo‘lsa, biz bundan ham ko‘proq narsani qilamiz. Agar Rossiya kompaniyalariga Buyuk Britaniyaning moliyaviy bozorlarida kapitalni jalb qilishga ruxsat berilmasa, buning zarari og‘ir bo‘ladi”, degan siyosatchi.
Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga keng ko‘lamli “bosqin” sodir bo‘lgan taqdirda Rossiyaga qarshi qo‘shimcha choralar ko‘rilishi mumkin.
“Qo‘rqamanki, hamma narsa Prezident (Rossiya Prezidenti Vladimir — tahr.) Putin haqiqatan ham Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinni amalga oshirishga, mustaqil, suveren Yevropa davlatini egallab olishga, bo‘ysundirishga qat’iy qaror qilganidan dalolat beradi va menimcha, keling, aniq aytamiz bu butunlay falokat bo‘ladi”, degan u.
Avval xabar berganimizdek, kecha, 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin rossiyaliklarga qariyb bir soat davom etgan murojaatidan so‘ng Donetsk va Lugansk xalq respublikalari (DXR va LXR) mustaqilligini tan olish to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi. Dunyo davlatlari Putinning qarorini qoralab chiqdi va G‘arb davlatlari Moskvaga qarshi sanksiyalar joriy qilish arafasida. Shuningdek, mamlakat iqtisodiyotini tutib turadigan davlat kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi.
LiveBarchasi