Jonson iste’foga chiqish haqida “og‘riqli” bayonot berdi

Olam

image

Avvalroq, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson iste’foga chiqishga rozi bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Bugun, 7 iyul kuni Jonson Dauning-strit, 10-uy – Bosh vazir ofisida iste’foga chiqish haqida “og‘riqli” bayonot berdi.

“Men dunyodagi eng yaxshi ishdan voz kechayotganimdan naqadar afsusda ekanligimni bilishingizni istayman. Uzoq muddat davomida barcha-barchasiga sabr-toqat qilib kelgan Kerri va farzandlarimizga, oilamning barcha a’zolariga minnatdorlik bildirmoqchiman”, deya ta’kidladi u.

Shuningdek, Jonson iste’fosi haqida e’lon qilar ekan, ukrainaliklarga murojaat qildi va u ketgach ham Britaniya Ukrainaga yordam berishda davom etishini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, Boris Jonson hukmron partiyaning yangi rahbari saylanmaguncha Bosh vazir vazifasini bajarishda davom etadi.

Ma’lumot uchun, Ichki ishlar vaziri Priti Patel, Tashqi savdo kotibi Enn-Mari Trevelyan, Biznes, engergetika va sanoat strategiyasi vaziri Kvazi Kvarteng, Transport vaziri Grant Shepps va yangi Moliya vaziri Nadim Zaxavi Bosh vazirni iste’foga chiqishga undadi, biroq Jonson ularga o‘z lavozimini tark etmasligini aytdi.

Joriiy yilning 5 iyul kuni esa Buyuk Britaniya Hukumatidagi ikki vazir Rishi Sunak, Sog‘liqni saqlash vaziri Sajid Jovid, shuningdek Ta’lim vaziri o‘rinbosari Uill Kvins hamda Angliya va Uels Bosh prokurori o‘rinbosari Aleks Chak Bosh vazir Boris Jonson bilan bog‘liq bir qator mojarolar fonida iste’foga chiqqandi. So‘nngi ma’lumotlarga ko‘ra, iste’foga chiqqan britaniyalik siyosatchilarning soni 50 dan oshgan.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Boris Jonson

Baholaganlar

398

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing