Jonni Depp yana “Jek chittak”ni gavdalantiradi

Madaniyat-san’at

image
0:00
0:00
download

“Karib dengizi qaroqchilari” filmining oltinchi qismi 2023 yilda suratga olinadi. Ushbu filmda “Jek chittak” rolini aktyor Jonni Depp ijro etishi aniq bo‘ldi. Bu haqda “The sun” nashri xabar berdi.

Avvalroq, Jonni Depp va sobiq rafiqasi Ember Xyord o‘rtasidagi bir necha yilga cho‘zilgan ajrashish jarayonlari tufayli yangi loyihalarga aktyor bilan tuzilgan shartnomalar bekor etilgani ma’lum qilingan edi. Biroq Jonni Deppning suddagi g‘alabasidan so‘ng bosh rol baribir unga nasib etdi.

Xabarda qayd etilishicha, yangi filmning ishchi nomi “Dengizdagi kun” bo‘lib, loyiha hozirda o‘zining boshlang‘ich bosqichida turibdi. Suratga olish jarayonlari Buyuk Britaniyada 2023 yilning fevral oyida boshlanadi. Ammo yangi filmning rejissyori hali tasdiqlanganicha yo‘q. 

Ma’lumot o‘rnida, “Karib dengizi qaroqchilari” filmining birinchi qismi – “Qora marvarid tavqi lan’ati” 2003 yilda premera qilingan bo‘lsa, 2017 yilda “Murdalar ertak aytmaydi” deya nomlangan beshinchi qismi namoyish etilgan. Avvalgi beshta filmning umumiy daromadi 4,5 milliard AQSH dollaridan oshib ketgan bo‘lib, aktyor Jonni Depp barcha filmlarda bosh rolni ijro etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jonni Depp Jek chittak Karib dengizi qaroqchilari

Baholaganlar

452

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing