Netflix Jonni Depp va Xyord ning ajrimi haqidagi filmni taqdim etmoqchi

Madaniyat-san’at

image

Netflix amerikalik aktyorlar, sobiq juftlik Jonni Depp va Ember Xyordning ajrashishi haqida serialni tomoshabinlar e’tiboriga havola etmoqchi. Bu haqda “Firnessbaza” nashri xabar berdi.

“Emmi” va “BAFTA” mukofotlari nomzodi Emma Kuper rejissyorlik qilgan ushbu film “Depp va Xyord” deb nomlanadi. Kuper avval ham platforma uchun hujjatli filmlar suratga olgan. Ulardan eng mashhuri “Merilin Monroning siri: eshitilmagan yozuvlar” filmi.

Cyerialda Gollivudni larzaga keltirgan va internetda misli ko‘rilmagan repressiyaga sabab bo‘lgan sud jarayoniga urg‘u berilgan. Tomoshabinlar birinchi marta har ikki tomonning guvohliklarini ko‘rishadi.

Netflix uch qismdan iborat “Depp va Xyord” serialini aprel oyida Britaniyaning “Channel 4” kanali uchun maxsus chiqargan. Endi esa hujjatli film mualliflari syujetni noyob materiallar, internet kuzatuvchilari sudiga munosabati va er-xotinning muxlislari ishning borishiga ta’sir o‘tkazishga qanday muvaffaq bo‘lishgani haqidagi ma’lumotlar bilan boyitishdi.

“Depp va Xyord” foydalanuvchilar uchun striming xizmatida 16 avgust kuni taqdim etiladi. Shunga qaramay, ijtimoiy tarmoqlarda tomoshabinlar va tanqidchilar tomonidan allaqachon serialga turli xil fikrlar bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning iyun oyida Ember Xyord va Jonni Depp ajrashish masalasida sudlashgan va Xyord turmush o‘rtog‘iga tuhmat qilganlikda ayblagan. Sud hukmiga ko‘ra, sobiq rafiqa Deppga 15 million dollar miqdorida tovon to‘lagan. 

Shuningdek, ushbu tuhmatlar isbotlangunga qadar Depp umrining juda qiyin davrlarini boshidan kechirganini aytib o‘tdi va ushbu davrda undan yuz o‘girgani uchun Gollivudni tark etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Jonni Depp Ember Xyord

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing