Jonni Depp Gollivudni tark etdi. Endi “Jek Chittak”ni kim o‘ynaydi?
Madaniyat-san’at
−
15 iyun 2023
10592“Karib dengizi qaroqchilari” filmida “Jek Chittak” roli bilan butun dunyoga tanilgan Gollivud aktyori Jonni Depp filmning navbatdagi qismida suratga tushmaydi. Bu haqda aktyor Kann xalqaro kinofestivalida e’lon qildi.
Gap shundaki, aktyor rafiqasi Ember Xyord bilan yuz bergan bir necha yillik mojarolari sabab karerasida muammolarga duch kela boshlagan. Xususan, Disney ham uni loyihadan haydagan.
Juftlik 2015 yilda turmush qurgan va 15 oydan so‘ng ajrashishga qaror qilgan. Xyord ajrim jarayonida Deppni oilaviy munosobatlarda zo‘ravonlik qilganlikda ayblagan va bu haqda 2018 yil “Washington Post” gazetasi e’lon qilgan. 2019 yilda esa Depp ushbu maqola va tuhmat uchun rafiqasini sudga bergan. Ember Xyord ushbu tuhmat da’vosi sabab 10,35 million AQSH dollari miqdorida jarimaga tortilgan.
So‘nggi sud xulosasiga ko‘ra, Depp aybsiz deb topilgandan so‘ng, kinostudiya unga 20 ming dollar gonorar evaziga yana “Jek Chittak” rolini ijro etishni taklif etdi. Aktyor esa mashhur kinorejissyor Tim Burton bilan aloqalarini uzdi va Gollivudni tark etdi.
“Men hech qanday afsuslanishni his qilmayapman, chunki men Gollivud haqida o‘ylamayapman. Endi u menga kerak emas”, deydi Depp.
Ma’lumot o‘rnida, “Karib dengizi qaroqchilari” filmining navbatdagi qismida “Jek Chittak” roli yana bir mahoratli aktyor Mads Mikkelsenga topshirilishi kutilmoqda.
Sevara Husniddinova
LiveBarchasi