“Karib dengizi qaroqchilari” 6 yildan so‘ng qaytmoqda
Madaniyat-san’at
−
08 Sentabr 2023
10309“Karib dengizi qaroqchilari” filmining muallifi Kreyg Mazin o‘zining butun dunyoga mashhur bo‘lgan ushbu Disney franshizasining navbatdagi qismini suratga olmoqda. Bu haqda “Screen Rant” nashri xabar berdi.
Film birinchi marta 2003 yilda dunyo kinoekranlariga chiqqan. Uning navbatdagi qismi esa so‘ngi “Karib dengizi qaroqchilari: O‘liklar ertak aytmaydi” qismining namoyishidan olti yil o‘tib suratga olinmoqda. Shu kunga qadar franchayzing qanday davom etishi noma’lum bo‘lib kelayotgandi.
Yaqinda film rejissyori Mazin intervyularidan birida "Karib dengizi qaroqchilari 6" filmining ssenariysini yozgan muallif Ted Elliot bilan hamkorlikda navbatdagi qism suratga olinayotganini ma’lum qilgan. Amerika yozuvchilar va aktyorlar uyushmalari bilan bo‘lgan kelishmovchiliklar hamda ish tashlashlar tufayli loyiha biroz muddat to‘xtatilgan bo‘lsa-da, hozirda ishlar qayta boshlangan. Mazinning so‘zlariga ko‘ra, ushbu film avvalgisidan ancha farq qiladi.
“Karib dengizi qaroqchilari: “O‘lik odamlar ertak aytmaydi” filmi tanqidiy va tijorat nuqtai nazaridan muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. Hozirda u mamlakat ichida eng past daromad keltirgan, dunyoda esa ikkinchi eng past daromadli film bo‘lib turibdi. Yo‘qotishlar yangi qismning suratga olinmasligiga ham sabab bo‘ldi. Shuningdek, Depp va uning sobiq rafiqasi Ember Xyord atrofidagi huquqiy tortishuvlar yangi filmni suratga olish uchun yana bir to‘siq bo‘ldi”, degan rejissyor.
Mazinning so‘nggi sharhlari tomoshabinlarni hayajonli yangi qismga tayyor turishga chaqirmoqda. Ammo “Jek Chittak” rolini kim ijro etishi haqida ma’lumotlar berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, “Karib dengizi qaroqchilari” filmida “Jek Chittak” roli bilan butun dunyoga tanilgan Gollivud aktyori Jonni Depp filmning navbatdagi qismida suratga tushmasligini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi