Jonni Depp va Ember Xyord qonunni bilmagani uchun qamoqdan qutulib qoldi
Madaniyat-san’at
−
25 avgust 2023
7036Avstraliya prokuraturasi amerikalik aktrisa Ember Xyordni mamlakatdagi qat’iy karantin qoidasini bilmaganligini hisobga olib, unga nisbatan qo‘zg‘atilishi mumkin bo‘lgan jinoyat ishini to‘xtatdi. Bu haqda “CBC” nashri xabar berdi.
Gap shundaki, 2015 yilda Xyord va uning sobiq eri Jonni Depp “Pistol” va “Bu” laqabli kuchuklarini Avstraliyaning Oltin qirg‘og‘iga olib kelgan. Shundan so‘ng, 2016 yilda bo‘lib o‘tgan sudda Xyord itlarni kontrabanda yo‘li bilan mamlakatga olib kirganini, ya’ni itlarga soxta immigratsiya hujjatini taqdim etganligini tan olgandi. Buning uchun aktrisaga 10 yillik qamoq jazosi berilishi mumkin edi. Bu safargi sudda esa davlat prokuraturasi rahbari 37 yoshli Xyordni mamlakatning qat’iy karantin qoidalarini bilmasligini hisobga olib, jinoiy javobgarlikka tortmaslik haqida qaror qildi.
Ushbu qarorning qabul qilinishida juftlikning uzr so‘rab chiqqan videosi muhim rol o‘ynadi. Unda Jonni Depp va Ember Xyord Avstraliyaning biologik xilma-xilligini himoya qilish muhimligi haqida gapirgan.
“Avstraliya noyob o‘simliklar, hayvonlar va odamlar xazinasiga ega bo‘lgan ajoyib orol. “Pistol” va “Bu” yashirincha olib kirilganidan juda afsusdaman. Avstraliyani himoya qilish muhim”, degan Xyord videoda.
Ammo Deppning sobiq xodimi Kevin Merfi 2020 yilda London Oliy sudiga Xyord Avstraliyaga it olib kirishga ruxsat berilmagani haqida bir necha bor ogohlantirilganini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda sudyalar kengashi taniqli aktyor Ember Xyordni “Washington Post” gazetasida chop etilgan maqolada Deppga tuhmat qilganlikda aybdor deb topgan va unga 15 million dollar jarima solgandi.
LiveBarchasi