Jonni Depp o‘zi chizgan suratni auksionga qo‘ymoqchi (foto)
Madaniyat-san’at
−
22 iyul 2023
9349Gollivudning taniqli aktyori, musiqachi va rassomi Jonni Depp o‘zining avtoportretini auksionga qo‘ymoqchi. Bu haqda “Euronews”nashi xabar berdi.
Unda aytilishicha, Depp suratdan tushgan pulni “Mental Health America” xayriya tashkilotiga o‘tkazish niyatida.
Gollivud yulduzi “Beshlik” deb nomlangan ilk avtoportretini onlayn yoki Buyuk Britaniyadagi “Castle Fine Art” galereyalarida sotuvga qo‘ymoqchi. San’at asari atigi 13 kun davomida sotuvga chiqariladi va narxi 1 ming 950 dollardan boshlanadi.
U san’at asarini yaqin do‘sti Ralf Stidmanning studiyasida 2021 yil – hayotining o‘ta qiyin davrida yaratgan. 2023 yilda esa xonanda “Beshlik”ni qayta ko‘rib chiqdi va uning kompozitsiyasi mazmunini yanada oshiruvchi qo‘shimcha bezaklar qo‘shdi.
“Agar asar faqat bitta odam bilan rezonanslashsa, bu san’atning maqsadi bor”, dedi u surat haqida fikr yuritib.
2015 yilda Christian Dior parfyumlari uchun olingan fotosurat aktyorni “Beshlik”ni chizishga ilhomlantirgan. O‘shanda surat Deppni Dior Sauvage parfyumining yuzi sifatida e’lon qilish uchun ishlatilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, har bir sotilgan nashrdan 200 dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ruhiy salomatlik va kasalliklarning oldini olishga yo‘naltirilgan “Mental Health America” notijorat tashkilotiga xayriya qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Jonni Depp hayotining qiyin davrida kinokompaniya undan yuz ogirgani uchun Gollivudni tark etgan edi.
Sevara Husniddinova