Jonni Depp chizgan suratlar $3,6 millionga sotildi

Madaniyat-san’at

image

 Jonni Depp o‘zining birinchi badiiy kolleksiyasini cheklangan nusxada sotuvga chiqardi va buning ortidan 3,65 million dollar daromadga ega bo‘ldi.

Uning debyut to‘plami 780 ta suratdan iborat bo‘lib, bir necha soat ichida sotilib ketdi. Asarlarda aktyorni ilhomlantirgan yulduzlar tasvirlangan. Bular: musiqachi Bob Dilan, aktyor Al Pachino, aktrisa Elizabet Teylor va “The Rolling Stones” gitarachisi Kit Richards. Jonni Depp ushbu kolleksiyaga “Do‘stlar va qahramonlar” deb nom bergan.

Aktyor savdolar boshlanishi haqida o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar bergan. Oldi-sotdi jarayonlari esa Britaniyaning “Castle Fine Art” onlayn galereyasi orqali amalga oshirilgan. To‘plamdagi bitta suratning narxi 3,950 funt ($ 4800)ni tashkil etgan va to‘rtta asardan iborat to‘plamning narxi 14 950 funt ($ 18 000)ga baholangan.

Bir necha soat ichida barcha suratlar 3,65 million dollarga sotilgan.

Jonni Depning debyut kolleksiyasi savdolari bilan shug‘ullangan “Castle Fine Art” onlayn galereyasi veb-saytida to‘plamga tavsif berar ekan, buni pop-art va strit-artning uyg‘unlashuvi deya tariflagan. Shuningdek har bir suratda aktyorning dastxati mavjud bo‘lishi qayd etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Depp o‘zining instagram sahifasida to‘plam sotuvi boshlanganini e’lon qilganidan so‘ng, “Castle Fine Art” onlayn galereyasi sayti ma’lum muddat ishlamay qolgan. Bunga birdaniga ko‘p sonli kuzatuvchilar saytga kirgani, katta trafik oqimi sabab bo‘lgan va serverlar buni ko‘tarolmagan. 

Ma’lumot o‘rnida, Jonni Depp sobiq rafiqasi Ember Xyord bilan ikki yil davom etgan sudlashuv natijasida bir qator shartnomalardan quruq qoldi, masalan, u Warner Bros. kinokompaniyasi bilan “Fantastic Beasts” filmidagi beshta kartina uchun tuzilgan shartnomasini yo‘qotgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jonni Depp

Baholaganlar

336

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing