Jon Jons faoliyatidagi eng muhim janglarni ma’lum qildi
Sport
−
19 noyabr
1343Og‘ir vazn toifasida UFC chempioni amerikalik Jon Jons faoliyatidagi eng muhim 4 ta jang qaysi ekanligini aytdi.
“Stefan Bonnar, Maurisio Rua va Miochich bilan jang va Daniel Korme bilan bo‘lgan to‘qnashuvni ayta olaman. Stefan Bonnar yoshligimda kurashgan birinchi yulduzim edi. Atrofdagilar men hech kim emasligimni va uni yenga olmasligimni aytdi. Keyin men meditatsiya qilishni va o‘z ustimda ishlay boshladim. Maurisio Rua ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin ko‘pchilik meni kuchli jangchi ekanligimni tan oldi. Korme bilan jang esa alohida mavzu. Miochichga qarshi to‘qnashuv bu hayotimdagi eng yorqin lahza bo‘ldi, men prezidentim oldida jang qildim va Amerika chempioni bo‘lganimdan juda faxrlanaman”, deydi Jons matbuot anjumanida.
Qayd etish joiz, 37 yoshli Jons oxirgi jangini 17 noyabr kuni 42 yoshli hamyurti Stipe Miochichga qarshi o‘tkazib, 3-raundda raqibini texnik nokautga uchratdi va faoliyatidagi 28-g‘alabasini tantana qildi. Ushbu jangdagi g‘alaba orqali afsonaviy Jons 15 million AQSH dollaridan ortiq gonorarga ega bo‘ldi.
LiveBarchasi