UFC'ning 37 yoshli afsonasi hali faoliyatini yakunlamoqchi emas

Sport

image

Og‘ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni (120 kg gacha) amerikalik Jon Jons o‘z faoliyatini dunyodagi eng nufuzli tashkilotda davom ettiradi. Bu haqda u “The Schmo” YouTube kanaliga bergan intervyusida aytdi.

“Ha, men 2025 yilda musobaqada qatnashaman. Bu katta ehtimol bilan sodir bo‘ladi”, deydi Jons.

Noyabr oyida bo‘lib o‘tgan UFC 309 musobaqasida o‘zining so‘nggi jangida Jons o‘zining birinchi titul himoyasida sobiq chempion va hamyurti Stipe Miochichni texnik nokaut bilan mag‘lub etdi.

Ma’lumot uchun, 37 yoshli sportchi shu vaqtga qadar 29 ta jangda qatnashib, 28 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan. U faoliyatidagi yagona mag‘lubiyatni 2009 yilda hamyurti Mett Xemilldan qabul qilib olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jon Jons Mett Xemill

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing