Jon Kennedi suiqasdi bo‘yicha yangi arxiv ma’lumotlari e’lon qilindi

Olam

image
XX asrning eng sirli qotilligi. AQSH Prezidenti Jon Kennedini kim o‘ldirgan? north_east

XX asrning eng sirli qotilligi. AQSH Prezidenti Jon Kennedini kim o‘ldirgan?

AQSH Milliy arxivlar va hujjatlar boshqarmasi mamlakatning 35-Prezidenti Jon Kennedining o‘ldirilishi bo‘yicha tergovga oid maxfiy materiallarning yangi qismini e’lon qildi. Yangi arxiv 1500 ga yaqin faylni tashkil etadi.  

Ushbu yozuvlarda Dallasda Kennedining Li Xarvi Osvald tomonidan o‘q uzib o‘ldirilishi bilan bog‘liq voqealar haqidagi tushunchani tubdan o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan yangi ma’lumotlar mavjudligini ko‘rsatadigan hech narsa yo‘q. Maxfiyligi ochib berilgan hujjatlar orasida Markaziy razvedka boshqarmasi, Federal qidiruv byurosi, Davlat departamenti va Pentagon tomonidan tayyorlangan telegrammalar, eslatmalar, tergov hisobotlari bor. 

Hujjatlarda aytilishicha, Li Xarvi Osvald Kennedi o‘ldirilishidan oldin SSSR va Kubaning Mexikodagi elchixonalariga viza so‘rab murojaat qilgan. Kennedining o‘ldirilishidan so‘ng, Meksika hukumati Osvald bilan gaplashgan Kuba elchixonasi xodimini hibsga olgan. 

Boshqa narsalar qatorida, Markaziy razvedka boshqarmasi hujjatlaridan birida AQSH rasmiylari Kubaning o‘sha paytdagi rahbari Fidel Kastroga suiqasd uyushtirishni rejalashtirayotgani haqida gapiradi. 

Ma’lumot o‘rnida, AQSHning 35-Prezidenti Jon Kennedi 1963 yil 22 noyabrda Dallasda o‘ldirilgan. Li Xarvi Osvald qotillikka urinishda gumonlanib hibsga olingan. Voqeadan ikki kun o‘tib, 24 noyabr kuni Dallasdagi tungi klub egasi Jek Rubi Osvaldni otib o‘ldirgan. Tergov tomonidan aniqlanganidek, u yolg‘iz harakat qilgan. 

O‘tgan yillarda Qo‘shma Shtatlar Jon Kennedining o‘ldirilishi haqidagi hujjatlarni allaqachon maxfiylikdan chiqargan edi. Bu haqdagi materiallarning navbatdagi partiyasi 2022 yilda nashr etilishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

suiqasd Jon Kennedi

Baholaganlar

454

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing