XX asrning eng sirli qotilligi. AQSH Prezidenti Jon Kennedini kim o‘ldirgan?

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

“Insoniyat yo urushni tugatadi yoki urush insoniyatni tugatadi”.

 
Jon Kennedi AQSHning 35-Prezidenti

1963 yil 22 noyabr. Soat 11:40 AQSH Prezidentining samolyoti Dallas aeroportiga qo‘ndi. Prezident Jon Kennedi va Birinchi xonim Jaklin Kennedi usti ochiq Lincoln limuziniga o‘tirishdi. Avtomobil shahar markazi tomon yurdi. Qo‘riqchilar hushyorlikni yo‘qotmay vaziyatni nazorat qilib turishdi. Biroq bo‘lajak fojiadan hech kimning xabari yo‘q edi. Prezident korteji Xyuston ko‘chasidan Elm ko‘chasiga burildi. Shu pallada qayerdandir o‘q ovozi eshitildi. Qonga belangan Prezidentni ko‘rgan Kennedi xonim baqirib yubordi.

Mana AQSH Prezidenti Jon Kennedining o‘ldirilganiga roppa-rosa 58 yil to‘ldi. Bu fojia butun dunyoni larzaga solib, “Asr jinoyati” deb nom oldi. Suiqasd ro‘y berganidan mana 58 yil o‘tibdiki, qotillik ortida kimlar turgani va bu nima sababdan amalga oshirilgani hamon sir bo‘lib qolmoqda. Bugungi maqolamizda AQSHning 35-Prezidenti Jon Kennedining o‘limiga oid ayrim yashirin sirlar haqida so‘z yuritamiz.

Qotillik

1963 yil 22 noyabr juma soat 11:40. AQSH Prezidentining samolyoti Dallas aeroportiga qo‘ndi. Jon Kennedi o‘z saylov oldi dasturi bo‘yicha Dallas shahriga tashrif buyurgan edi. Bu Amerika rahbarining 1948 yildan beri Texas shtatiga ilk rasmiy tashrifi bo‘lgan. Jon Kennedi va uning rafiqasi usti ochiq Lincoln limuziniga o‘tirishdi. Soat 11:50 da Prezident korteji aeroportdan shahar markazi tomon yurdi. Shahar aholisi ko‘chaga chiqib davlat rahbarini qarsaklar, gullar, bannerlar, bayroqlar bilan kutib oldi. Prezident korteji Xyuston ko‘chasidan Elm ko‘chasiga burildi. Shu pallada qayerdandir o‘q ovozi eshitildi. Jon Kennedi bo‘ynidan va boshidan yaralandi. Barcha qo‘rquvdan qotib qoldi. Yarim soatdan keyin AQSHning 35-Prezidenti Parklend shifoxonasida vafot etdi.

Kennedi o‘limining rasmiy ko‘rinishi

O‘q eshitilgan zahoti politsiya atrofdagi barcha binolarni tekshirishni boshladi. Shu vaqtda bir politsiyachi ratsiya orqali suiqasd paytida Elm ko‘chasidagi bir binoning oltinchi qavatida qo‘lida miltiq ushlagan yigitni ko‘rganini ma’lum qildi. Politsiya va Federal tergov byurosi (FTB) xodimlari binoni qurshab oldi. Tintuv jarayonida nafaqadagi dengiz piyodasi Li Xarvi Osvald ismli shaxs hibsga olindi. U turgan joydan “Manlixer-karkano” rusumli miltiq va uchta ishlatilgan patron topildi. Ekspertiza natijalariga ko‘ra, miltiqda Xarvi Osvaldning barmoq izlari aniqlangan. Biroq gumonlanuvchi o‘z aybini tan olmagan. 24 noyabr kuni Xarvi Osvald politsiya bo‘limidan federal qamoqxonaga ko‘chirilayotgan vaqtda Jek Rubi ismli tungi klub egasi Osvaldni otib o‘ldiradi. Tergov davomida Rubi bu ishni Prezidentning o‘limi uchun qasos sifatida qilganini aytadi.

1963 yil 29 noyabr kuni Oq uyning yangi rahbari Lindon Jonson salafi Jon Kenndining o‘ldirilishi bo‘yicha yangi tergov komissiyasini tuzdi. Komissiyaga o‘sha vaqtdagi Oliy sud raisi Erl Uorren rahbar etib tayinlandi. 10 oylik tergov va surishtiruv natijalariga ko‘ra, Komissiya quyidagicha xulosaga keldi:

Birinchi: Jon Kenndi Elm ko‘chasidagi binoning oltinchi qavatidan otilgan.

Ikkinchi:  Suiqasd faqat Li Xarvi Osvald tomonidan amalga oshirilgan.

Uchinchi:  Xarvi Osvald va Jek Rubi bir-birlarini bilishlari hamda fitna uyushtirganliklari haqida hech qanday dalil topilmadi.

Xullas, Komissiya qotillikni Xarvi Osvald amalga oshirdi degan xulosaga keldi va ishni yopdi.

Prezident qotili chindan ham Xarvi Osvaldmi? Konspirologlarning fikri qanday?

Amerika jurnalistlari, prokurorlar va huquq faollari bir necha yil davomida Kennedining o‘ldirilishi shuningdek, bu qotillik ortida kim turgani bo‘yicha mustaqil surishtiruvlar olib borgan. Bu borada 600 dan ortiq kitob nashr etilib, bir qancha hujjatli filmlar suratga olingan.

Dallas shahrida istiqomat qiluvchi Abraham Zapruder tomonidan Prezidentga o‘q uzilgan lahzalar kamerada suratga olingan. Ayrim mutaxassislar bu videoni sinchkovlik bilan o‘rganib, 208-kadrda Prezident yaralangan bo‘lganligini, 234 kadrda limuzinning oldida o‘tirgan gubernator Konnali yaralanganini va 313 kadrda esa Kennedining boshiga o‘q kelib tekkanini aniqlagan. Zapruderning kamerasi soniyasiga 18,3 kadr tezlikda suratga olgan. Kansperologlarning hisob kitoblariga ko‘ra, 210 va 234 kadrlar orasidagi vaqt 1,3 soniyani tashkil etgan. Hatto, eng mohir mergan ham 1,3 soniyada miltiqdan ketma-ket ikkita o‘q uza olmaydi. Bundan tashqari Kennedining tanasiga birinchi o‘q orqa tomondan kirgan. Bu faktlar shuni ko‘rsatadiki mergan yagona bo‘lmagan.

Suiqasdni kim uyushtirgan?

Kennediga nisbatan uyushtirilgan qotillik ortida kimlar turgani haqida turlicha qarashlar mavjud. Taxminlarga ko‘ra, quyidagilardan biri balki bir nechtasi Prezidentga uyushtirilgan suiqasdning ortida turgan bo‘lishi mumkin.

Birinchi taxmin. Sovet Ittifoqi

Ba’zilarda “nega birinchi taxmin SSSR”, degan savol paydo bo‘lishi tabiiy. Chunki aynan Jon Kennedi (1961-1963) Prezidentlik davrida AQSH va SSSR o‘rtasidagi “Sovuq urush” eng qaynoq pallada edi. Bundan tashqari o‘sha vaqtda bir-biriga ashaddiy raqib bo‘lgan davlatlar hududida biror falokat ro‘y bersa, buni Amerika yoki SSSR uyushtirgan deb hisoblangan. AQSH matbuoti Prezidentning o‘ldirilishini KGB ( SSSR Davlat xavfsizlik qo‘mitasi) uyushtirgan, deb jar soldi. Amerika o‘z-o‘zidan aybni Sovet Ittifoqiga ag‘darib qo‘ya olmasdi. Buning uchun yaxshigina isbot kerak bo‘lgan. Amerika dalil tariqasida Xarvi Osvaldning bir muddat Sovet Ittifoqida yashagani va SSSR fuqarosiga uylanganini ko‘rsatdi.

Tarixchilarning fikriga ko‘ra, SSSR Jon Kennedining qotilligidan hech qanday manfaati bo‘lmagan. Chunki o‘sha vaqtdagi Sovet Ittifoqi rahbari Nikita Xurushyov 1962 yilgi “Karib inqirozi”dan so‘ng Kennedi bilan yaxshi aloqada bo‘lgan. Bundan tashqari, Sovet hukumati AQSH Prezidentini o‘ldiradigan bo‘lsa, butun dunyoni o‘ziga qarshi qilib qo‘yardi.

Ikkinchi taxmin. Vitse-prezident Lindon Jonson

Ayrim tarixchilar, Jon Kennedining o‘limi ortida vitse-prezident Lindon Jonson turganligini ta’kidlashadi. Sababi Lindon Jonson Prezidentni umuman yoqtirmagan. Hatto, Lindon Jonson 1964 yilgi saylovda Jon Kennedi g‘alaba qozonadigan bo‘lsa vitse-prezidentlik lavozimidan ketishini aytgan. Bundan tashqari, Lindon Jonson Prezident Kennedi o‘ldirilganida xabar topib, samolyotdayoq Prezident lavozimini o‘ziga olgan.

Uchinchi taxmin. Rotshildlar oilasi

Kennedi Prezident bo‘lgach, AQSH dollarini bosib chiqaruvchi federal zaxira tizimini davlatga bo‘ysundirmoqchi bo‘ladi. XVIII asrdan beri federal zaxira tizimi Rotshildlar oilasiga tegishli bo‘lgan. 1812 yilda bo‘lib o‘tgan AQSH-Angliya o‘rtasidagi urush vaqtida Rotshildlar Amerikani zimdan moliyaviy tomondan qo‘llagan. Buning evaziga oila dollarni bosib chiqarish va AQSH Markaziy bankini yuritishni o‘z tasarrufiga olgan edi. Shu-shu Amerika puli yahudiy oilaning nazoratida bo‘lib kelmoqda. Jon Kennedi yuritgan ichki siyosat yahudiy oilaga katta zarar keltirishi aniq edi. Prezident bu qarorida qat’iy turib olib, 11110-sonli buyruqni imzoladi. Unga ko‘ra, Federal zaxira tizimi o‘z vakolatlarini G‘aznachilik departamenti (Moliya vazirligi)ga o‘tkazishi kerak bo‘lgan. Dollar chiqaruvchi mashinani yo‘qotib qo‘ymaslik uchun Rotshildlar oilasi Kennedini o‘yindan chiqargan bo‘lishi mumkin. Prezident o‘limidan 5 oy muqaddam imzolangan 11110-sonli qarorning ijrosi mash’um qotillikdan 3 oycha vaqt o‘tgach, to‘xtab qoldi. Bir necha yil o‘tib o‘sha buyruq rasman bekor qilindi.

To‘rtinchi taxmin. Fidel Kastro

1959 yilda Kubada diktator Fulxension Batista hokimiyatdan ag‘darildi. Mamlakat boshqaruvi Fidel Kastro qo‘liga o‘tdi, Kastro mamlakatda SSSR namunasidagi kommunistik rejim o‘rnatishga kirishdi. Kubada kommunizm o‘rnatilishi Amerikaga anchagina bosh og‘rig‘i edi. Bundan tashqari o‘sha vaqtda AQSH va SSSR o‘rtasidagi ziddiyatlar ipi anchagina taranglashgandi.

AQSH Markaziy razvedkasi Fidel Kastro tinchitish uchun son sanoqsiz qotillarni jo‘natdi. Biroq Kuba inqilobchisi o‘ziga uyushtirilgan suiqasdlarga chap bera olgan.

1963 yil 7 sentyabr kuni Fidel Kastro “Associated Press” agentligiga bergan intervyusida shunday degan:

“Agar Amerika rahbarlari mening hayotimga suiqasd qilishda davom etsalar ... biz bunga qarshi kurashamiz va xuddi shunday javob beramiz”.

Shuning uchun Kennedi o‘limidan so‘ng Amerika matbuoti qotillikda Fidel Kastroni ayblab chiqdi.

Jon Kennedining ukasi Robert Kennedi 1968 yilgi prezidentlik saylovida o‘z nomzodini qo‘ydi. Robert Kennedi agar AQSH Prezidenti bo‘lsa, akasining asl qotillarini topishga va’da berdi. Biroq u bunga ulgurmadi. 1968 yil 5 iyun kuni Los-Anjelesda Robert Kennedi asli falastinlik Sirxan Bishar Sirxan tomonidan otib o‘ldirildi. Shundan so‘ng bu qotillik siri ochilmay qolib ketdi.

2016 yilda AQSHning sobiq Prezidenti Doland Tramp o‘z saylov oldi dasturida agar prezident bo‘lib saylansa, Jon Kennedining o‘limiga doir maxfiy hujjatlarni oshkor qilishini aytgan edi. Biroq, 2017 yilda Amerika milliy xavfsizligi bu hujjatlarni taqdim etishni rad qilgan. AQSHning amaldagi Prezidenti Jo Bayden Kennedining o‘limiga doir maxfiy materiallar oshkor qilinadimi yoki yo‘qmi, degan savolga hozircha javob bermadi. Lekin ko‘pchilik amerikaliklar aynan Jo Bayden XX asrning eng sirli jinoyati atrofidagi gap so‘zlarga chek qo‘yadi, deb umid qilishmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

937

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing