Jokovich sud xarajatlari uchun yarim million to‘laydi
Sport
−
20 yanvar 2022
2818Dunyoning birinchi raqamli tennischisi Novak Jokovich Avstraliyadagi mojarolardan so‘ng, sud xarajatlarini to‘lab beradi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ayni paytda to‘lovlarning aniq miqdori noma’lum, ammo bu taxminan 500 ming dollarni tashkil qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, vizasi bekor qilingan Jokovichning advokatlarining arizasi Federal sud tomonidan rad etilgan edi. Nihoyat, Novak ishni yutqazdi va Avstraliyadan deportatsiya qilindi.
Avstraliyada tennis davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladi va olingan barcha mablag‘lar mamlakatda sportni rivojlantirishga sarflanadi. Ushbu qaror “Jokovich Melburnda qolib, musobaqalarda qatnashishi uchun kurash kelishuvi” doirasida qabul qilgan.
LiveBarchasi