Qanday mashqlar erta o‘lim xavfini kamaytirishi ma’lum bo‘ldi
Salomatlik
−
03 iyun 2228 2 daqiqa
Haftasiga 90 daqiqadan 2 soatgacha tosh ko‘tarish bilan shug‘ullanish erta o‘lim xavfini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin. Bu haqdagi tadqiqot BBC’da e’lon qilindi.
Britaniya Sport Tibbiyoti jurnalida chop etilgan va 147 374 kishi ishtirok etgan uchta uzoq muddatli tadqiqot ma’lumotlari tahliliga ko‘ra, bunday muntazam mashqlar insult va boshqa kasalliklardan erta o‘lim xavfini kamaytiradi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, haftasiga 90 daqiqadan 2 soatgacha shug‘ullanganlarda umumiy erta o‘lim xavfi 13 foizga kamaygan. Yurak-qon tomir kasalliklari, jumladan, yurak xuruji va insultdan o‘lim xavfi 19 foizga past bo‘lgan. Nevrologik kasalliklar, masalan demensiya kabi holatlardan o‘lim xavfi esa 27 foizga kamaygan.
Tadqiqotchilar eng yaxshi natijalar kuch talab qiladigan mashqlar bilan birga aerob mashqlar ham muntazam bajarilganda kuzatilganini aytgan. Bunday holatda erta o‘lim xavfi 58 foizgacha kamayishi mumkinligi qayd etilgan. Milliy sog‘liqni saqlash xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, muntazam yugurish, velosiped haydash yoki suzish kabi mashqlar stressni kamaytiradi, o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshiradi hamda yurak kasalliklari, insult va 2-tur diabet xavfini kamaytiradi. Shuningdek, ular haftasiga 2 soatdan ko‘p mashqlar qo‘shimcha foyda bermasligini ham aniqlagan.
Mutaxassislarning fikricha, kuch talab qiladigan mashqlar sog‘liqni yaxshilash, kasalliklarning oldini olish va qarishni sekinlashtirishda muhim rol o‘ynaydi.
Murabbiy Bev Uilson o‘z tajribasiga tayanib, ko‘plab mijozlarda bo‘g‘im og‘rig‘i, charchoq va metabolizm muammolari bilan kelishlarini, tosh ko‘tarish mashqlari esa qondagi qand miqdorini boshqarishga yordam berishini, bo‘g‘im va suyaklarni mustahkamlashini aytadi.
“Odamlar mashqlardan so‘ng o‘zlarini kuchliroq va tetikroq his qilishadi”, deydi u.
U, shuningdek, tosh ko‘tarish mashqlari miya faoliyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlab, mijozlarda diqqatni jamlash va xotira yaxshilanishini kuzatishini bildirgan.
Sport England vakili Tom Berton esa jismoniy faollik sog‘lom, mustaqil va faol hayot uchun muhim ekanini aytib, mashqlar sog‘lom qarishni qo‘llab-quvvatlashini hamda sog‘liq tizimiga tushadigan bosimni kamaytirishini ta’kidlagan.

Live
BarchasiPashinyanning qushi uchmadi
03 iyun