Jokovich ATP Masters'da g‘alaba qozonib 1 million dollar yutib oldi

Sport

image

Serbiyalik tennis ustasi Novak Jokovich ATP Masters turniri finalida ispaniyalik Karlos Alkarasni mag‘lub etib, turnir chempioniga aylandi.

Shunday qilib Jokovich faoliyatidagi 95-titulni qo‘lga kiritdi va bu borada chexiyalik Ivan Lendlni ortda qoldirdi. Hozirda faqat Rojer Federer (103) va Jimmi Konnors (109) Jokovichdan ko‘proq sovringa ega.

Jokovich musobaqa g‘olibli sifatida ATP reytingi uchun 1000 ochko qo‘lga kiritib, 1 million AQSH dollari bilan taqdirlandi. O‘z navbatida finalchi Alkaras 600 reyting ochkosi va 556 ming AQSH dollariga ega chiqdi. 

Qayd etish joiz, Sinsinnati shahrida o‘tkazilgan musobaqadagi natija orqali Jokovich o‘z rekordini ham yangiladi. U 39-marta ATP Masters turnirida zafar quchdi. Bu borada 2-pog‘onani ispaniyalik Rafael Nadal egallab turibdi. Uning hisobida 36 ta Masters turniri bosh sovrini bor.


Maqola muallifi

Teglar

tennis Novak Jokovich Rafael' Nadal' Karlos Al'karas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing