Jo Baydenga impichment bo‘yicha tergov boshlandi

Olam

image

AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri respublikachi Kevin Makkarti Vakillar palatasi qo‘mitalariga AQSHning amaldagi Prezidenti Jo Baydenga qarshi impichment jarayoni doirasida tergovni boshlashni topshirdi. Bu haqda “Agence France-Presse” xabar berdi.

Tergov Prezidentning o‘g‘li Xanter Baydenning biznesi bilan bog‘liq.

Makkartining so‘zlariga ko‘ra, Jo Bayden o‘g‘lining xorijdagi biznes faoliyati haqida bilmasligi haqida jamoatchilikka yolg‘on gapirgan.

“Respublikachilar Prezident Baydenning xatti-harakatlari haqida jiddiy va ishonchli ayblovlarni fosh qilishdi”, deydi Makkarti.

Respublikachilar yetakchisi Baydenga nisbatan tergovning boshlanishini Vakillar palatasiga barcha faktlar va javoblarni to‘plash imkonini beradigan muhim qadam deb atagan.

Baydenga nisbatan tergov boshlanganini e’lon qilgach, Oq uy bu eng yomon holatda ekstremal siyosat ekani va respublikachilarda protsedurani boshlash uchun dalillar yo‘qligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, may oyida AQSH Kongressi Baydenlar oilasi Xitoydan va boshqa xorijiy manbalardan o‘n million dollardan ortiq mablag‘ olgani, pulning bir qismi Xanter Baydenning hisob raqamiga o‘tkazib berilganini aniqlagan.


Maqola muallifi

Teglar

tergov Jo Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing