Jizzaxga kirish-chiqish qat’iylashtirildi

Jamiyat

image

Jizzax shahar hokimining 2020 yil 1 iyuldagi  qaroriga muvofiq shaharga kirish va chiqish qattiq nazorat ostiga olindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shahar hududidagi 4 ta mahallada koronavirus bilan kasallanganlar aniqlangan.

Qaror bilan 2 iyuldan boshlab Jizzax shahriga kirish va chiqish qattiq nazoratga olindi. “Qaliya”, “Bunyodkor”, “Zilol” va “Madaniyat” mahallalari hududlariga kirib-chiqish to‘xtatildi.

Avvalroq, viloyatning Sharof Rashidov, Do‘stlik va G‘allaorol tumanlari “qizil” hudud toifasiga kiritilgan edi. 29 iyun kuni Jizzaxda tug‘ilgan kunda koronavirus yuqtirib olgan 72 yoshli otaxon vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

30 iyun kuni O‘zbekistondagi tuman va shaharlar epidemiologik toifalari ro‘yxati yangilangan. Yangi ro‘yxatga ko‘ra, Sharof Rashidov tumani “qizil”, qolgan barcha tumanlar “yashil” hududga kiritilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

168

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing