Jizzaxda ukasining yerini sotayotgan aka ushlandi

3-sahifa

image

Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida ukasining fermer xo‘jaligi yerini sotmoqchi bo‘lgan aka ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament ma’lum qildi.

Departament hamda DXXning Zafarobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.J. ukasi M.J. rahbarligidagi fermer xo‘jaligining 10 gektar yer maydonini fuqaro Sh.ga firibgarlik yo‘li bilan sotishni rejalashtirib, oldindan kelishilgan 10 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik er Jizzax

Baholaganlar

118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing