Jizzaxda uchta yuk mashinasi to‘qnashdi
3-sahifa
−
16 may
8745Samarqand – Toshkent avtomobil yo‘lida uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, voqea joriy yilning 16-may kuni soat 10 dan 15:30 gacha Samarqand va Toshkent shaharlarini bog‘lovchi M-39 avtomobil yo‘lining 978-kilometri, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida YTH sodir bo‘lgan. HOWO A7CNG rusumli yuk avtomashinasining 1995 yilda tug‘ilgan haydovchisi tormoz tizimidagi texnik nosozlik tufayli transport vositasini o‘z vaqtida to‘xtata olmagan va harakatlanayotgan “NURLI TO'LQIN SERVIS” kompaniyasining HOWO yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Kuchli zarba oqibatida birinchi yuk mashinasi yo‘l qismiga ag‘darilgan.
Shu vaqtda SANY SYZ3220S 8Y rusumli yuk avtomobili chap bo‘lakda harakatlanib ketayotgan bo‘lgan. U to‘siqqa reaksiya bildirishga ulgurmay, ag‘darilib ketgan yuk mashinasi saloniga borib urilgan va qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan.
Ma’lum qilinishicha, yo‘l-transport hodisasida hech kim jabrlanmagan. Hozirda Jizzax viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari hodisa sabablarini o‘rganmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yashnobod tumanida ikkita yo‘lovchi avtobusi to‘qnashgani haqida ma’lum qilingandi.
LiveBarchasi