Jizzaxda soliqchi va qo‘riqchi pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
29 avgust 7926 1 daqiqa
Jizzax viloyatida Qo‘riqlash boshqarmasining Jizzax shahar bo‘limi nazoratchisi va soliq tizimida inspektor lavozimida ishlagan xodim pora bilan ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, davlat tuzilmalarida korrupsion holatlarni aniqlash va ularga chek qo‘yish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Xususan, Jizzax viloyati Qo‘riqlash boshqarmasining Jizzax shahar bo‘limi nazoratchisi ta’lim va maishiy xizmat ko‘rsatish sohalariga ixtisoslashgan ikkita MCHJ faoliyatida yuzaga kelgan soliq qarzdorligi va jarimalarni o‘zining tanishlari yordamida kamaytirib berish evaziga 500 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, u “xolis xizmatni” joriy yilning iyun oyiga qadar soliq tizimida inspektor lavozimida ishlagan tanishi orqali hal qilib berishi kerakligi aniqlanib, mazkur shaxs ham protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (Firibgarlik) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatdagi tumanlardan birining maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri pora bilan ko‘lga tushgan edi.
Live
Barchasi