Jizzaxda sobiq bank boshqaruvchisi 1,3 mlrd kreditni “rastrata” qilgani aniqlandi

3-sahifa

image

Samarqand va Jizzax viloyatlarida jami 2 mlrd so‘mdan ortiq kredit mablag‘larini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

Departamentning Jizzax shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ATB “Qishloq qurilish bank”ning Jizzax mintaqaviy filiali sobiq boshqaruvchisi U.Yu. 1,3 mlrd so‘m kredit mablag‘larini o‘zlashtirgani aniqlangan. U “Z.B.” MCHJga jiyani O.ni rahbar sifatida tayinlab, ushbu MCHJga yuk avtotransport vositalarini xarid qilish uchun 1,5 mlrd so‘m kredit ajratilishiga erishib, keyinchalik 1,3 mlrd so‘mlik transport vositalarini boshqa shaxslarga sotib yuborib, kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

IJQKD Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “N.M.” xususiy korxonasi rahbari N.M. va boshqalar hududiy tijorat banki filialidan eshik, deraza va mebel ishlab chiqarish uskunalarini sotib olish maqsadida 640 mln so‘m kredit ajratilishiga erishib, ushbu mablag‘larni maqsadsiz ishlatib, talon-toroj qilgani aniqlangan.

Departamentning Nurobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “T.Ch.” MCHJ rahbari I.Q. hududiy tijorat banki filialidan MCHJga hamda oila a’zolariga chorva mollarini sotib olish maqsadida ajratilgan 410 mln so‘m kredit mablag‘ini maqsadsiz ishlatish orqali talon-toroj qilgani aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Toyloq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, yakka tartibdagi tadbirkor Sh.D., “O-A.” fermer xo‘jaligi rahbari O.U. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, shu tumanida yashovchi 10 nafar fuqaro nomiga kartoshka urug‘i olish uchun jami 237 mln so‘m imtiyozli kredit rasmiylashtirishga erishib, ushbu kredit mablag‘larini o‘z ehtiyojiga ishlatib yuborilgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

kredit

Baholaganlar

80

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing