Jizzaxda Matiz bilan qo‘shilib yongan 3 bolaning biri vafot etdi
3-sahifa
−
20 Sentabr 2020
8110Avvalroq, Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida fuqaro akasining bir, o‘zining ikki farzandini Matiz rusumli avtomobilda qarovsiz qoldirganida yong‘in yuz bergani haqida xabar bergan edik. Bolalar og‘ir kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgani xabar qilingandi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mashina salonida bo‘lgan 2018 yilda tug‘ilgan Sh.Sh.ning tanasi 100 foiz 2- va 3-darajali termik kuygan. Shuningdek,2017 yilda tug‘ilgan M.Sh. tanasining 60 foizi 1-, 2- va 3-darajali kuygan. Bundan tashqari bolaning yuqori nafas yo‘llari 2-darajali kuygan. 2019 yilda tug‘ilgan Sh.M.ning yuzi, ikki qo‘li 2-, 3- “A” va “B” darajali, yuqori nafas yo‘llarining esa 14-16 foizi kuygan.
Ular tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
"Zamon" informatsion dasturida ma’lum qinishicha, RSHTYOIM Jizzax filialiga og‘ir ahvolda olib kelingan 2018 yilda tug‘ilgan norasida 19 sentyabr kuni vafot etgan. Qolgan ikki bolaning ham ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.
LiveBarchasi