BP dars vaqtida vafot etgan o‘quvchining o‘limi sabablarini ochiqladi
3-sahifa
−
17 Sentabr 2020
47364Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi 11-umumta’lim maktabida 9-sinf o‘quvchisi (qiz bola) dars vaqtida to‘satdan vafot etgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qizning vafoti sabablariga aniqlik kiritdi.
Ma’lum qilinishicha, marhumaning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi taynlangan.
Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, marhumaning o‘limiga o‘tkir nafas yurak-qon tomir yetishmovchiligi tez va qisqa vaqt ichida yuzaga kelganligi sabab bo‘lgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Sharof Rashidov tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Voqea qanday bo‘lgandi?
Hodisa 3-soatda – informatika darsida yuz bergan. Dars tugashiga 15 daqiqa qolganda o‘quvchi xushidan ketgan. Dars o‘tayotgan ikki o‘qituvchi boshqa o‘quvchilarni sinfdan chiqarib, xushidan ketgan o‘quvchini hamshiraga olib borishgan, shifokorlar ham yetib kelgan.
Maktab direktori o‘rinbosari Dilnoza Hotamovaning so‘zlariga ko‘ra, dars vaqtida vafot etgan 9-“V” sinf o‘quvchisi ertalab maktabga kelganda, uning holati juda yaxshi bo‘lgan. Tana harorati ham joyida bo‘lgan. Barcha o‘quvchilar qatorida antiseptik vositalar bilan zararsizlantirilgan.
Shu kuni “Havaslik” qishloq vrachlik punkti shifokoralari 1-sinf o‘quvchilarini emlash uchun maktabga kelgan bo‘lgan. Ular xushidan ketgan o‘quvchi qizga birinchi yordam ko‘rsatishgan.
Voqea joyida bo‘lgan QVP shifokori Shahboz Usmonov qizda birinchi hayotlik belgilarini tekshirib, hech qanday belgi ko‘rinmagan bo‘lsa-da, unga o‘pka-yurak reanimatsiyasini amalga oshirgan. 15 daqiqalik reanimatsiya harakatidan keyin ham bemorda hayotlik belgilari tiklanmagan. Bundan tashqari, o‘quvchi qizga tashqi yurak massaji qilingan va sun’iy nafas berib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ammo buning foydasi bo‘lmagan.
LiveBarchasi