Jizzaxda Lasetti avtobus bilan to‘qnashdi. Qurbon bor
3-sahifa
−
25 may
11936Bugun, 25 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatida ichida uch nafar maktab bitiruvchisi bo‘lgan Gentra rusumli mashina avtobusga borib urilgani va yo‘lovchilardan biri vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur vaziyat yuzasidan Jizzax viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati munosabat bildirdi.
Surishtiruv ishlari davomida, Gentra rusumli transport vositasi haydovchi va yo‘lovchilari umumta’lim maktabi o‘quvchilari bo‘lmagani aniqlangan.
Bildirilishicha, voqea bugun, 25 may kuni soat 09:15 larda “Toshkent-Termiz”avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. 2003 yilda tug‘ilgan Navoiy viloyatida yashovchi S.A Lasetti rusumli avtomashinasini Samarqand-Toshkent yo‘nalishida boshqarib borayotib, qayrilib olish qismida 4.1.1 yo‘l belgisiga amal qilmasdan orqaga qayrilgan. Shu vaqtda u Toshkent-Samarqand yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan, 1971 yilda tug‘ilgan Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi X. R boshqaruvida bo‘lgan YBL613OH rusumli yo‘lovchi tashuvchi avtobus yo‘liga chiqib ketib YTX sodir qilgan.
Oqibatda Lasetti rusumli avtomashina salonida bo‘lgan 2003 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi olgan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. 2004 yilda tug‘ilgan yana bir yo‘lovchi va avtomashina haydovchisi tan jarohat olgan va jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
“Avtobus haydovchisi va salonida bo‘lgan yo‘lovchilarga tan jarohati yetmagan”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Toshkent tumanida Toyota Prado, Cobalt, Spark va Damas ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan va oqibatda Toyota Prado voqea joyida vafot etgandi.
LiveBarchasi