Jizzaxda qizlarga “er so‘rab” ko‘chaga chiqishga undaganlar jazolandi
3-sahifa
−
30 iyun 14222 1 daqiqa
Avvalroq, bir guruh qizlarning Jizzax viloyatida kelinlik libosida “Er kerak” yozuvli qog‘ozlarni ko‘tarib harakatlangani haqida xabar berilgandi. Ushbu qizlarga kelinlik libosini kiydirib, ko‘chaga chiqshga undaganlar jazolandi. Bu haqda “Millar” xabar berdi.
Qayd etilishicha, 8 nafar qiz kelin ko‘ylak salonini reklama qilish maqsadida shu ishga qo‘l urgan. Bu harakatlar kelin ko‘ylak saloni rahbari va bloger tomonidan tashkil qilingan va reklama videoroligi tayyorlangan.
Sud salon rahbari hamda bloger huquqbuzar deb topgan hamda ularga nisbatan eng kam ish haqining 15 baravari (5,6 mln so‘m) miqdorida jarima tayinlangan.
Ta’kidlanishicha, sud hukmi hali qonuniy kuchga kirmagan va ayblanuvchilar apellyatsiya tartibida shikoyat berishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning bloger nabirasi Maryam Tillyayeva ham “Er qidiryapman” yozuvli e’lonni qo‘lida ko‘targan holda shahar ko‘chalarida kezgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr