Jizzaxda qidiruvdagi shaxs qaynotasining yerto‘lasidan topildi (video)
3-sahifa
−
23 Oktabr
24493Jizzax shahrida chorva sotib olish uchun 2 mlrd so‘mdan ortiq kredit olib, pulni boshqa maqsadlarda ishlatib yuborgan shaxs qaynotasining uyidagi yerto‘lada ushlandi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Jizzax shahrining “Ravalliq” mahallasida yashovchi 36 yoshli fuqaro 2022 yilda tijorat bankidan 2 mlrd 150 mln so‘m miqdorida kredit olgan. Ammo, u 125 bosh zotli chorva mollarini sotib olish uchun ajratilgan ushbu mablag‘ni maqsadli ishlatmagan. Shu sababli, joriy yilning 4 mart kuni viloyat prokuraturasi tomonidan fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jizzax viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida uning yashiringan manzili aniqlangan. U shaharning “Oqqo‘rg‘onlik” mahallasidagi qaynotasining yashash uyi yerto‘lasida yashirinib yotgan joyida ushlanib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida qaynonasining nomiga kredit olib, qarzlarini to‘lamasdan yurgan kuyovning Cobalt avtomashinasi jarima maydoniga qo‘yilgan edi.
LiveBarchasi